Sardoba tuman kasb-hunar maktabida o’quvchi yoshlar ishtirokida «Kasbiy faxrim» mavzusida davra suxbati o’tkazildi. Tuman madaniyat markazi badiiy rahbari «O’zbеkiston bеlgisi» ko’krak nishoni soxibasi Bobonova Mashxura hamda «Sirdaryo iftixori» ko’krak nishoni soxibi F.Sayidqulovlar mеxmon bo’ldilar. Davra suhbatini Sardoba tuman kasb-hunar maktabi Y.B.I.B.D.O’ Shahlo Achilova ochib berdi. Suhbat davomida Paxtaobod madaniyat markazi Badiiy rahbari M. Bobojonova o’z so’zida bo’lajak kasb-hunar egalariga tanlagan kasblari sevimli, foydali hamda faxrli kasb ekanligini, barcha kasblarning mashshaqatlari-yu qiyinchiliklari borligini va bu to’siqlardan o’z kasbini sidqidildan sevsagina osongina o’ta olishi kerakligini ta’kidlab o’tdi. Paxtaobod madaniyat markazi yoshlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassisi F. Saidqulov so’zga chiqib, o’zining kasb haqida fikr mulohazalarini bildirib o’tdi. Shu bilan birgalikda jamiyatda xotin-qizlarning egallayotgan kasblari hamda egallagan kasblariga fidokorona yondashayotgani, bugungi kun talablariga mos holda mehnat qilayotgani, bugungi kundagi ayollarimizning jamiyatda o’z o’rni beqiyos ekanligini isbotidir deya e’tirof etdi. Shundan so’ng davra suhbat ishtirokchilariga kelajakdagi tanlamoqchi bo’lgan kasblarining haqiqiy ustasi va mutaxassisi bo’lishlarida muvaffaqiyat tilab, ishtiroklar o’zlarini qiziqtirgan savollarga qisman bo’lsada javob oldilar. Tadbirda 50 nafar ishtirokchilar qatnashdi.