

Qabul jarayoni, 9-sinf bitiruvchilaridan tushgan arizalar ma’lumoti.
№ | Kasblar | Soni |
1 | Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish | 60 |
2 | Traktorchi-mashinist | 61 |
3 | Agrobiznes va marketing agenti | 29 |
4 | Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari | 65 |
5 | Oshpaz | 31 |
6 | Tikuvchi | 30 |
Umumiy | 276 |
2025-2026 o’quv yiliga qabul bo’yicha targ’ibot va tashviqot tadbirlari o’tkazildi.Sardoba tuman politexnikumi rahbariyat va pedagoglar targʻibot jamoasi Sardoba tumanida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurishib, targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishdi.Ushbu kasbga yo’naltirish targ’ibotida Sardoba tuman politexnikumining afzalliklari, kasb o’rganishga yaratilgan sharoitlar hamda mavjud kasblar,Dual ta’lim afzaliklari haqida 9-11-sinf bitiruvchilariga tushunchalar berishdi. Bitiruvchilar o’z qiziqtirgan savolariga javob olishdi va qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha o’qish istaklarini bildirishdi. Targ’ibot tadbirlarida Direktor G.Berdiyorova, YBIBDO’ Sh.Achilova, O’IBDO’ M.Mirzayev, IChTBDO’ M.Xalikov va IChTU va o’qituvchilar ishtirok etishdi.