“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri va esse yozish.

Sardoba tuman politexnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Sirdaryo viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2025 yil 16-maydagi “Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” 66-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Sardoba tuman politexnikumida “Eng yaxshi esselar” tanlovi o‘tkazildi. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi A.Ashurov ko‘rik-tanlovning o‘tkazish tartibi va nizomi haqida tushunch berdi. Shuningdek o‘quvchilarga korrupsiya va uning zararlari haqida tushuncha  berildi. Korrupsiya – siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy havfli hodisa bo‘lib, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga hilof ravishda egallashiga imkon berishdir. Ko‘rik-tanlovda 12 nafar o‘quvchi ishtirok etdi hamda 2-bisqich 7-23 “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari”guruhi o‘quvchisi Imomnazarova Munojatning  yozgan  essesi  namunali  deb  topildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan