Diplom topshirish marosimi

Sardoba tuman politexnikumida 2025-yil 3-iyul kuni bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.Politexnikumini 239 nafar yoshlar muvaffaqiyatli yakunladi. Ulardan 28 nafari fanlarni a’lo baholar bilan o‘zlashtirib, imtiyozli (qizil) diplomga sazovor bo‘ldi. Shuningdek “Namunali xulqi va faol ishtiroki uchun” 31 nafar o‘quvchilarga faxriy yorliq berildi.Bitiruv marosimida yoshlarning bilimga chanqoqligi va mas’uliyatli mehnatga tayyorligi alohida e’tirof etildi. Ular egallagan kasbi orqali yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilishgan.Tadbir davomida ota-onalar ham bitiruvchilarni tabriklab ustozlarga minnatdorchilik bildirishdi. 2024-2025 o‘quv yili davomida samarali mehnat qilgan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari ham e’tirof etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan