Sardoba tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 21 sеntyabr kuni 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Doim ta’zimdamiz aziz ustozlar!” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda faxriy o’qituvchilar Bahriddin Begmatov, Omon Sindarov, Rahimberdi Vaxobov, Ne’mat Jo’rayev, Qorabek Xolmurodov va Ergash Imomovlar hamda Xalqobod MFY raisi I.Soatovlar mеhmon bo’ldilar.