
Sardoba tuman kasb-hunar maktabining 50 yilligi yubileyi munosabati bilan 5 ta muhim tashabbus ijrosi amalda, 2021-2022 o`quv yilida 9-sunf bitiruvchilarini kasb-hunar maktabiga qamrab olish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuni, “Worldskills” standartlari bo’yicha kasblar chempionatiga o’quvchilar tomonidan tayyorlangan jixoz va buyumlar namoyish etish, ta’lim muassasaga biriktirilgan mahalla bilan hamkorlikda “Bir ziyoli bitta mahallaga ma’naviy xomiy” tizim bo’yicha uyushmagan yoshlarni kasbga tayyorlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga yo’naltirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida ommaviy tadbir tashkil etildi. Tadbirga poytaxtdan kelgan Xalq artisti Samandar Alimov, xonanda Baxtiyor Sultonov, viloyat drama teatri aktyorlari Ibrohim Qosimov va Xasan Nazarovlar ko’ngilochar kuy-qo’shiqlari hamda sahnalashtirilgan teatr chiqishlari bilan xalqimizning ko’nglini xushnid etdilar bu xam tadbirimizga ko’taranki kayfiyat baxsh etdi.Sardoba tuman hokimi A.Xidirov, sektor rahbarlari, Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining mutaxassisi S.Qo’ziboyev, tashkilot rahbarlari, ta’lim muassasamizning faxriy ustozlari va Xalqobod MFY faollari va uyushmagan yoshlari ishtirok etdilar.Tadbirda Sardoba tuman hokimi A.Xidirov, sektor rahbarlari va ta’lim muassasamizning faxriy ustozlari yoshlarga qimmatbaxo va esdalik sovg’alar topshirdilar.