“Zakovat” intеllеktual o‘yini

«Zakovat» — bu aql va mantiqni sinovdan o‘tkazadigan, kuchli raqobatni talab qiluvchi intellektual o‘yin bo‘lib, uning asosiy maqsadi ishtirokchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.O‘yinda jamoalar turli sohalarga oid qiziqarli savollarga javob berishdi, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Har bir jamoa o‘z bilimini namoyon etib, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorlik orqali raqobatbardoshligini ko‘rsatdi. Kutubxonachi G.Qaraqulova intеllеktual o‘yinni olib bordi. YBIBDO‘ M.Vahobov va matematika fani o‘qituvchisi U.Tursunboyevlar hakamlik qilishdi. Bellashgan jamoalar:“Koinot” jamoasi  8-25 “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” guruhi  va “Intellekt” jamoasi 9-25 “Oshpaz” guruhi. Intеllеktual o‘yinda 8-25 guruhi g‘olib bo‘ldi hamda ma’muriyat tomonidan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan