«Mahallabay» tizimi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi “Yoshlar tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6208-sonli Farmoni, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 202-sonli buyrtig’i va Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining 2021 yil 10 maydagi № 82-sonli buyrug’iga asosan Sardoba tuman kasb-hunar maktabi «Mahallabay» tizimi bo’yicha Xalqobod MFYga biriktirildi.

Kasb-hunar maktabining Xalqobod mahalla fuqarolar yig’ini va umumta’lim maktablari bilan o’zaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko’maklashish bo’yicha amalga oshiriladigan VAZIFALAR

1. Uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish:

1.1. Mahallada bandligi ta’minlanmagan yoshlar sonini aniqlash.

1.2. Mazkur yoshlar uchun tadbirkorlik o‘quv kurslari tashkil etish.

1.3. Mahallada  yoshlar  murojaatlari  bilan  ishlash  va muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish.

2.  Uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga ko‘maklashish:

2.1. Kasb-hunar maktabidagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash uchun namunali talabalar ro‘yxatini shallantirish.

2.2. Namunali va iqtidorli talabalarni mahalladagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish va ular bilan uyushmagan yoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish.

3. Mahalladagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida 5 muhim tashabbusni amalga oshirish:

3.1. Kasb-hunar maktabi, mahalla, maktab va boshqa muassasalardagi mavjud  musiqa, san’at, rassomlik, teatr studiyalari, sport inshootlari, kompyuter sinflari, IT texnologiyalari bazasi va axborot-kutubxona markazlari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda madaniyat, san’at, sport, AKT va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha to’garaklar tashkil etish.

3.2. Mahalladagi yoshlarning qiziqishlariga qarab, ularning to‘garaklar kesimida ro‘yxatini shakllantirish, murabbiylarni belgilash hamda to’garak mashg’ulotlarini reja-jadval asosida muntazam yo‘lga qo‘yish.

3.3. Ehtiyojga muvofiq mahalladagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur shart-sharoit yaratish (misol uchun, sport maydonchalari tashkil etish, sport anjomlari, musiqa asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, kitoblar xarid qilish va hk.)

3.4. Mahallada “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyalari”ning chiqishlarini tashkil etish, mahalla yoshlari o‘rtasida “Zakovat”, “Direktor kubogi uchun” kabi turli intellektual hamda sport  bellashuvlarni tashkil etish.

3.5. Mahallada uyushmagan yoshlarni qamrab olishga alohida e’tibor bergan holda taniqli shoir va yozuvchilar, san’atkorlar bilan  ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar hamda konsert dasturlarini o‘tkazish.

4. Mahalladagi umumta’lim maktabida ta’lim sifatini oshirish va aniq fanlarning o‘qitilishini takomillashtirish va yoshlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarinii oshirish:

4.1. Umumta’lim maktabidagi ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq asosiy muammolarni aniqlash (o‘qituvchilar salohiyati, metodik ta’minot, bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichi va hk.).

4.2. Umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish va ularni metodik qo‘llab-quvatlash, fizika, matematika, kimyo, biologiya fanlarining o‘qitilishini takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berish.

4.3. O‘qituvchilar uchun zamonaviy AKT va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha  mahorat darslarini tashkil etish.

4.4. Mahallada OTMga tayyorlov kurslarida o‘qish va xorijiy tillarni o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish, kurslar tashkil etiladigan ob’ektlarni aniqlash va ularda zarur shart-sharoitlarni yaratish.

4.5. O‘quv kurslarini tashkil etish reja-jadvalini tasdiqlash, ularga malakali o‘qituvchilar biriktirish, o‘quv kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

5.  Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish:

5.1. Mahalladagi yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

6. Mahalla va umumta’lim maktablarida hamda kasb-hunar maktabi hamkorligida amalga oshirilgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan