
Sirdaryo viloyati axolini rеproduktiv salomatlik markazi filiyali tibbiyot xodimlari G.Shodmonkulova, N.Ibragimova va o’smir qizlar o’rtasida «Qizlar salomatligi oyligi» doirasida suhbat o’tkazildi. Davra suhbatida 30 nafar o’quvchi qizlar ishtirok etdilar.
Sirdaryo viloyati aholini rеproduktiv salomatlik markazi filiali tibbiyot xodimi G.Shodmonkulova so’zga chiqdi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 14.04.2021dagi 11-02/2006-sonli Ko’rsatma xatiga asosan Respublika miqyosida 2021 yilning 15 aprelldan 15 may oyiga qadar “Qizlar salomatlik oyligi” o’tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida ta’lim muassasalaridagi o’smir qizlarni laborator va diagnostik tekshiruv xizmatlaridan foydalangan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik tashkil etiladi. Ko’rik natijalari tahlil qilinib, kasallik aniqlangan qizlar bilan sog’lamlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimi N.Ibragimova so’zga chiqdi. Gigiyenaga amal qilish sog’lom turmush tarzining asoslaridan biri hisoblanadi. Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi? Bu avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zarali odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim – kechaklarini toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioy qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi? Har bi o’quvchi kun tartibida xilma- xil unumli faoliyat bilan band qiladi. Maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota – onasiga ko’maklashadi, o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’naydi, dars tayyorlaydi va hakozo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarini rejalashi lozim.O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni o’z ichiga oladi. Gavdani va og’iz bo’shlig’ini o’z vaqtida yuvib, tozalab turish, salomatlik va mashq qilishga putur yetkazadigan yomon odatlarni tashlash va boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o’quvchisining kun tartibida quyidagilar bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o’qish, uyda dars tayyorlash, toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanish, sinfdan va maktabdan tashqari o’ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko’ngil ochuvchi sport o’yinlari kabi mashg’ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo’lishi shart. Shuning uchun kun tartibiga rioya qilish, sog’liqni saqlash va darsda muvaffaqiyatga erishish muhim omildir.

