
Umumta’lim maktabi o’quvchilariga targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.2025-yilning 28-29-aprel kunlari Sardoba tuman politexnikumi rahbariyat va pedagoglar targʻibot jamoasi Sardoba tumanida joylashgan 4-13-17-15-22-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurishib, targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishdi.Ushbu kasbga yo’naltirish targ’ibotida Sardoba tuman politexnikumining afzalliklari, kasb o’rganishga yaratilgan sharoitlar hamda mavjud kasblar,Dual ta’lim afzaliklari haqida 9-11-sinf bitiruvchilariga tushunchalar berishdi .Bitiruvchilar o’z qiziqtirgan savolariga javob olishdi va qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha o’qish istaklarini bildirishdi. Targ’ibot tadbirida YBIBDO’ Sh.Achilova, O’IBDO’ , IChTBDO’ M.Xalikov va o’qituvchilar ishtirok etishdi.