«Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi.

Sardoba tuman politexnikumida 2025-yil 25-aprel kuni «Kasbim-mening – faxrim mening» loyihasi doirasida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda tumanida o‘rta ta’lim maktablarining  9-11 sinf bitiruvchilar ishtirok etib, politexnikumda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy texnik bazasi, o‘quv xonalari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.  Kasb o’rganishga yaratilgan shart-sharoitlari, mavjud kasblar, Dual ta’lim afzaliklari tushunchalar berildi. Bitiruvchilar o’z qiziqtirgan savolariga javob olishdi va qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha o’qish istaklarini bildirishdi hamda o’quvchilardan arizalar yozdirib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan