
Sardoba tuman politexnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarining oldini olish va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB boshligʻi podpolkovnik Sh.N.Abdunazarov, Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati katta inspektori leytenant M.A.Pirmatov, Sardoba tuman IIB YPX inspektori kichik serjant O.Alijonov va Xalqobod MFY raisi I.Soatovlar ishtirok etishdi.