
O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi yig‘ilishni Sardoba tuman politexnikumi Ishlab chiqarish ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Xalikov ochib bеrdi hamda bugungi yig‘ilish mavzusi va ishtirokchisi bilan tanishtirdi. Sardoba tuman IIB YPX inspektori kichik serjant Alijonov Odilbek o‘quvchi-yoshlarga yo‘l transport hodisalarining oldini olish to‘g‘risida tushuncha berdi.