
Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya – milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi. Sardoba tuman kasb-hunar maktabida O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Davlat madhiyasiga hurmat ruhini shakillantirish, vatanparvarlikni ulug’lashga bag’ishlangan «Yurakni madh etgan sado!» mavzusida tadbir o‘tkazildi, jonli tarzdagi Davlat madhiyasi ijro etildi hamda o‘quvchilarga Davlat madhiyasi to’g’risida tushunchalar berildi.