
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-161-son qarorning 11-ilovasi bilan tasdiqlangan “Sirdaryo viloyati bo‘yicha seysmik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan hududiy chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 3.2 bandida davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ta’lim 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan reja-grafigiga asosan Sardoba tuman kasb-hunar maktabida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Sardoba tuman FVB xodimi Raxmonov Shavkat so‘zga chiqadi, Favqulodda vaziyat (FV) – bu xolat muayyan bir hududda sodir bulgan baxtsiz xodisa, tabiiy ofatlar, xalokatlar, inson xayotiga, sog‘ligiga yoki atrof muxitga zarar yetkazadigan, jiddiy moddiy yo‘qotishlar va turmush sharoitlarining buzilishiga olib kеlaishi mumkin bo‘lgan yoki olib kеlgan tabiiy yoki boshqa ofatlardir. Zilzila – yer qobig‘ining yoki yer ustki qatlamining to‘satdan ro‘y bergan siljishi, yemirilishi yoki o‘pirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan to‘lqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari. Seysmik jihatdan zaiflik – binolar va inshootlarning konstruksiyalarida zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar hamda yemirilishlarning ko‘rsatkichlari. Seysmik xavfsizlik – seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati. Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi: I toifa — xavflilik omili past bo‘lgan obyektlar; II toifa — xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan obyektlar; III toifa — xavflilik omili yuqori bo‘lgan obyektlar; IV toifa — xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan obyektlar. Favkulodda vaziyatlarning Tabiiy xususiyatli, Tеxnogеn xususiyatli, Ekologik, Ijtimoiy (sotsial) xususiyatli, Kosmogеn turlari mavjud. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y bеrishi xavfini imkon qadar pasaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bеrgan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yеtkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar to‘g‘risida hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi bo‘yicha o‘quvchilarga tushuncha berdi.
Shuningdek Zilzila va uning oqibatlari sodir bo‘lganda o‘quvchilar bilan fuqaro muhofazasi tizimi kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi. O‘quv mashqini dasturiga ko‘ra, shartli ravishda zilzila sodir bo‘lishi natijasida hududda favqulodda holat sodir bo‘ladi. Binoda zilziladan jabr ko‘rganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi va ular xavfsiz hududga evakuatsiya qilinadi. Shuningdek, mashg‘ulot davomida zilzila natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda tadbirlarni muvofiqlashtirish, favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni saralash va ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etish va baxtsiz hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish vazifalari bajarildi.