
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli tеxnologiyalar vazirligi huzuridagi raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Sirdaryo viloyatidagi vakillari Olimjon Zokirov va Ravshan Iskandarovlar ishtirokida “Yoshlarning yagona intеraktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)dan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish” hamda “Yoshlarning IT-ta’lim bo‘yicha bilimlarini oshirish, yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. “Bir million dasturchi” loyihasi bo’yicha seminar tashkil qilindi. Sardoba tumani kasb-hunar maktabining talaba yoshlari uchun «Bir million dasturchi» loyihasining mantiqiy davomi hisoblangan “Coursera” platformasining bepul hamda professional maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olish mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda o’quvchi yoshlar bilan “Coursera” onlayn platformasiga joylashtirilgan kurslar, IT-sertifikatiga o’qitish, ularning dolzarbligi va ahamiyati borasida fikrlar almashildi.