
Sardoba tuman kasb-hunar maktabida 2024 yil 7 sentyabr kuni guruhlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. Tanlovda 12 ta guruh o‘quvchilari ishtirok etishdi va quyidagicha natija erishdi: 1-o‘rin: 1-23 “Avtomabil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash chilangari” guruhi, 2-o‘rin: 2-24 “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish”, 3-o‘rin: 4-23 “Traktorchi-mashinist” guruhi. G‘olib bo‘lgan guruhlar kasb-hunar maktabi ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.