«Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Sardoba tuman kasb-hunar maktabida 2024-2025 o‘quv yiliga qabul qilinadigan umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun tashkil qilingan «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi. «Ochiq eshiklar kuni»da tuman hokimligi, tashkilot rahbarlari va umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida o‘quvchilar kasb-hunar maktabining shart-sharoitlari va yo‘nalishlari bilan tanishdilar hamda o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarga o‘qish istagini bildirishdi. Tuman hokimligi tomonidan kasb-hunar maktabi bitiruvchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan