
O‘zbekiston Respublikasi Ekalogiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 9-apreldagi № 03-01/7-3477-sonli xatida «Ekalogiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashki etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekalogiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi masalalariga bag’ishlangan muhim sanalar bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar kalendar rejasining 12-bandiga muvofiq 2024-yil 22-aprel kuni respublikamizda “Xalqaro yer kuni” nishonlanishi belgilanganligi ma’lum qilingan.Shu munosabat bilan Sardoba tuman kasb-hunar maktabida Sardoba tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari R.Azizmurodov va A.Abduqulovlar o’quvchi-yoshlar ishtirokida yerni asrash, uni hosildorligini oshirish va tabiiy yo’llar bilan boyitish usullari to’g’risida “Yer sayyorasini asrash”ga qaratilgan amaliy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda o’quvchi-yoshlarga tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish – bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz ekanligi haqida ma’lumotlar berildi.