
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Sardoba tuman kasb-hunar maktabida “Konstitutsiya-baxtimiz poydеvori!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Konstitutsiyasi haftaligi” doirasida o‘tkazilgan rasmlar tanlovi, sport musobaqalari hamda “Mening Konistitutsiyam 31 yoshda” mavzusi bo‘yicha diktant g‘oliblari taqdirlandi. Kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan diktantlar tanlovida l-o‘rinni “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” yo‘nalishi 5-22 guruh o‘quvchisi Baxriddinova Sevinch, 2-o‘rinni “Agrobiznes va marketing agenti” yo‘nalishi 6-23 guruh o‘quvchisi Tursunmamatova Zulfiyalar egalladilar.