Konstitutsiyasini o’rganish bo’yicha olimpiada

Sirdaryo viloyati oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2023 yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o’rganish bo’yicha talaba va o’quvchilar o’rtasida olimpiadani o’tkazish to’g’risida»gi 83-sonli buyrug’iga asosan kasb-hunar maktabi o’quvchilari o’rtasida Olimpida o’tkazildi. Sardoba tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov, YBIBDO‘ Sh.Achilova, Yoshlar yetakchisi M.Vahobov va Huquq fani o‘qituvchisi R.Tojiyevlar ishtirok etishdi hamda bilimlarini baholashdi. Olimpida ishtirokchilari 13 nafar kasb-hunar maktabining o‘quvchilari ishtirok etishdi hamda ularga tarqatma savollar berildi. Olimpida yakuni bo’yicha 6-23 guruhi o‘quvchisi Sarimsoqov In’mojon, 1-22 guruhi o‘quvchisi Mannobov Azizbek va 5-23 guruhi o‘quvchisi Sultonova Irodalar g‘olib bo‘lishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan