
Sardoba tuman IIB JXX HPB VYMB inspektor psixologi leytenant S.Mardiyev tomonidan Sardoba tuman kasb-hunar maktabida o’quvchilarning dars mashg’ulotlariga qatnashishi bo’yicha davomat o’tkazildi.Kasb-hunar maktabidagi barcha 13ta guruhning davomati o’rganildi.O’rganilgan davomat 82 foizni tashki etdi, 309 nafar o’quvchi darslarda ishtirok etgan. Shuningdek o’quvchilarga jinoyatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida gapirib bunday xolatlarning oldini olish bo‘yicha tushuncha berdi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, odam savdosi, giyoxvandlik va oldini olish to‘g‘risida tushunchalar berdi. O‘quvchi yoshlar kasb-hunar maktabida yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda o‘zingiz uchun zarur bo‘lgan kasblarni egallab kelajakda vatanimiz uchun yetuk kadr bo‘lishligini ta’kidladi. Shuningdek huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha gapirib o‘tdi. O‘quvchilarga huquqbuzarlikning oldini olish hamda sodir etilgan huquqbuzarliklarga belgilanadigan qonuniy choralar haqida ma’lumot berdi.