
Joriy yilning 12 aprеl Sardoba tumani kasb-hunar maktabida 2022-2023 o’quv yili uchun belgilangan qabul parametrlarining targ’ibotini amalga oshirish maqsadida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o’tkazildi. Tadbirda tuman markazida joylashgan 6-12-14-sonli maktablardan 175 nafar 9-sinf bitiruvchilari qatnashdilar. Maktab bitiruvchilari Profеssional ta’lim tizimidagi yangiliklar bilan tanishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.