
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining 2021 yil 24 maydagi “Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi № 01-18/380-sonli xatiga asosan 2021yil 29-may kuni Sardoba tuman kasb-hunar maktabida tuman Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovi o’tkazildi.Tanlovda 2 ta “Adolat” va “Spiker” guruhlari ishtirok etdi. Tanlov xay’at a’zolari: Sh.Achilova – YBIBDO’, F.Saidqulov – tuman Yoshlar ittifoqi sardori va D.Xolboyeva – kutubxonachi. Tanlovning 1-sharti “Sud majlisi modeli” bo’yicha “Adolat” guruhi – 5 ball, “Spiker” guruhi 4-ball. 2-sharti “Huquqiy islohatlar bosqichi” bo’yicha “Spiker” guruhi 5-ball, “Adolat” guruhi -4 ball. 3-sharti “Yoshlarga oid qonunchilik – yoshlar nigohida” bo’yicha “Spiker” guruhi 5 – ball, “Adolat” guruhi – 4 ball. 4-sharti “Huquqingni angla!” bo’yicha “Spiker” guruhi 5-ball, “Adolat” guruhi -4 ball. Umumiy natija bo’yicha “Spiker” guruhi 19-ball va “Adolat” guruhi – 17 ball oldi. Kasb-hunar maktabida o’tkazilgan “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovida “Spikker” guruhi g’olib bo’ldi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdi faol ishtirok etgan o’quvchilarga tuman Yoshlar ittifoqi va kasb-hunar maktabi ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari berildi.