
Mehnat Migratsiyasi Agentligi bilan birgalikda ta’lim muassasalarda xorijiy tillarning o’qitilishi va chet elda ishlash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tashkil etilgan tadbirda Sirdaryo viloyati Migratsiya agentligi bo‘lim boshlig‘i Nabijon Abdualiyev hamda Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining horijiy tillarni ommalashtirishga mas’ul xodimi Malohat Mavlonovalar ishtirokida 210 nafar o‘quvchilar va ota-onalarga xorijda rasmiy ishga joylashish, tibbiy sug‘urta, ijtimoiy kafolatlar va noqonuniy migratsiyaning oldini olish masalalari tushuntirildi. Shuningdek, politexnikumda koreys, ingliz va rus tillari bo‘yicha kurslar haqida ma’lumot berildi.