Qabul-2025 targ’ibot tadbiri.

Umumta’lim maktabi o’quvchilariga targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.2025-yilning 11-aprel kuni Sardoba tuman politexnikumi rahbariyat va pedagoglar targʻibot jamoasi Sardoba tumanida joylashgan  6-12-14-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurishib, targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishdi.Ushbu kasbga yo’naltirish targ’ibotida Sardoba tuman politexnikumining afzalliklari, kasb o’rganishga yaratilgan sharoitlar hamda mavjud kasblar,Dual ta’lim afzaliklari haqida 9-11-sinf  bitiruvchilariga   tushunchalar berishdi .Bitiruvchilar o’z qiziqtirgan savolariga javob olishdi va qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha o’qish istaklarini bildirishdi. Targ’ibot tadbirida YBIBDO’ Sh.Achilova, O’IBDO’ M.Mirzayev va IChTBDO’ M.Xalikovlar ishtirok etishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan