
Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2025 yil 26-fevraldagi 01-03-4/145-sonli xatiga asosan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sardoba tuman politexnikumida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va faxriy ustozlarni bayram bilan tabriklab hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.Shuningdek faxriy ustoz va xodimlar Sh.Achilova hamda S.Qo‘shoqovalarning xonadonlariga yo‘qlab borildi, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. O‘quvchi – yoshlar tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddassan ayol” bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni politexnikum direktori G.Berdiyorova ochib berdi hamda o‘qituvchi ayollarini va o‘quvchi qizlarini bayram bilan tabrikladi.Bayram munosabati bilan o‘qituvchi ayollariga va o‘quvchi qizlariga gullar taqdim etildi,o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan raqslar, ashulla va she’rlar ijro etishdi.
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlnib oʻtkazilaytgan ”AYOL MADHI” bayram konsertida Sardoba tuman politexnikumi ustoz ayollari ishtirok etishdi.