
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida 2025 yil 20-fevral kuni kasbiy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish maqsadida kasbiy mahorat bellashuvi tashkil etildi. Ushbu tanlov elektromontaj, santexnika va elektrogazpayvandchi yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tib, unda hududdagi 5 ta kasbiy ta’lim muassasasi vakillari o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.Musobaqada Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi, Mirzaobod tuman politexnikumi, Xovos tuman politexnikumi, Sardoba tuman politexnikumi hamda Guliston shahar ishga marxamat monomarkazlari ishtirok etdi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z kasbiy mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, real ish sharoitlariga yaqinlashtirilgan topshiriqlarni bajardilar.
Sardoba tuman politexnikumidan IChTU Axmatov Sherzod rahbarligida “Payvandlovchi” kasbi 5-24 guruhi o‘quvchisi Abdugapparov Abdulaziz Abdusodiqo‘g‘li ishtirok etdi.
Baholash jarayonida ishtirokchilarning aniq va sifatli ishlashi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari inobatga olindi.
Elektrogazpayvandchi yo‘nalishi bo‘yicha:
- 1-o‘rin – Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi
- 2-o‘rin – Sardoba tuman politexnikumi – A.Abdugapparov
- 3-o‘rin – Xovos tuman 2-son politexnikumi