“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 3/15-52-6-28-sonli xatida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 3-yanvardagi 03-03/1-03/6-28-sonli xati hamda Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2025 yil 14-yanvardagi № 01-03-4/36-son xatlari ijro uchun yuborilganligi, mazkur xatda kasbiy ta’lim muassasalarda 14-17 yoshdagi o‘quvchilar o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi 20-31-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.v.b. X.Axmedova so‘zga chiqib, ushbu masala yuzasidan barcha o‘quvchilarga ushbu ko‘rik tanlov nizomi hamda nominatsiyalar bo‘yicha to‘liq tushuncha va ma’lumotlar berib o‘tdi. Saralash bosqichida 8 nаfаr ishtirokchidan iborat uchta guruh bellashdi,“Ona tabiat”, “Tabiat do‘stlari yosh” va  “Ekologlar”.G’olib “Ona tabiat” jamoasi g‘olib deb topildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan