Harbiy vatanparvarlik tadbiri.

Sardoba tuman politexnikumida Sirdaryo viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2025-yil 7-yanvardagi № 01-03-4/17-sonli xatining ijrosini ta`minlash maqsadida Sardoba tuman Mudofaa ishlari bo‘limi MIBB o‘rinbosari Raxmonov Ilxom politexnikumga taklif qilindi va o‘quvchi yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni haqida hamda Vatan himoyachisi naqadar sharafli va ma’sulyatli kasb ekanligi to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan