
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2024 yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 28-noyabrdagi 3/15-03-31-242-sonli xatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2024/2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 18-sentyabrdagi 588-son qarorida ta’lim muassasalarida “Konstitutsiya yoshlar huquqlari” shiori ostida huquqiy oylik oʻtkazish toʻgʻrisida”gi № 01-03-4/717-sonli xatiga asosan rtasida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzisida guruhlar kesimida ommaviy diktant tashkil etildi. Diktant jaryonida quyidagi o‘quvchilar ya’ni 8-23 “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” guruh o‘quvchisi X.Abdujalilova faxrli 1 o‘rinni, 6-23 “Agrobiznes va marketing agenti” guruh o‘quvchisi D.Yo’ldosheva 2 o‘rinni, 11-24 “Tikuvchi” guruh o‘quvchisi B.Jumanova 3 o‘rinni egalladilar. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida olimpiadasi o’tkazildi, Apellyasiya natijalari ko‘rib chiqilgach, hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, olimpiadada 6-23 guruh Agrobiznes va marketing agenti yo‘nalishi 2-kurs o‘quvchisi Toshkenboyeva Mohlaroyim 1-o‘rin, 8-24“Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” yo‘nalishi 1-kurs o‘quvchisi Ibragimov Botir 2-o‘rin, 3-24 Traktorchi-mashinist yo‘nalishi 1-kurs o‘quvchisi Raxmonov Ziyovuddin 3-o‘rin sohibi bo’ldi. Faxrli o‘rinni egallagan o‘quvchilar ta’lim muassasasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.