
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va jismoniy faoliyatga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan «Besh tashabbus olimpiadasi» davom etmoqda. Ushbu olimpiada doirasida professional ta’lim muassasalari o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi ham o‘tkazildi. Mazkur musobaqa yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi bahslar ham o‘ziga xos raqobatli ruhda kechdi va Sardoba tumani kasb-hunar maktabi jamoasi 3-o‘rinni egalladi.