
Kasb-hunar maktabida 2023-2024 oʻquv yilining 179 nafar bitiruvchilariga “Diplom topshirish” marosimi boʻlib oʻtdi. Kasb-hunar maktabi direktori G.Berdiyorova tadbirni ochib berdi va barchani bugungi tadbir bilan tabrikladi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.X.Xajimuratov bitiruvchilarni bugungi bayram bilan muborakbod etib, ularga kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar hamda diplomlarni topshirdilar. Tadbirda namunali xulqi va faol ishtiroki uchun bir qator o‘quvchilarga faxriy yorliq va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.Birituvchilarni Xalqobod MFY raisi I.Soatov, Yoshlar yetakchisi B.Akbarov hamda ota-onalar xam tabrikladilar.