
Sardoba tuman kasb-hunar maktabida 14-iyun kuni Sirdaryo viloyat hokimining 2024-yil 5-iyundagi 164-9-0-F/24-son farmoyishidagi “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 4-bandi “Milliy va Yevropa taomlarini tayyorlash boʻyicha Gastronomik festival tashkil etish” maqsadida o‘quvchi qizlar ishtirokida Osiyo va sharq taomlarini tayyorlash boʻyicha turli master klasslar va koʻrgazmalar tashkil etildi. Tadbirda Xalqobod MFY faol ayollaridan vakillari hamda Sardoba tuman “Ishga marhamat” monomarkazi o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Bеsh tashabbus doirasida «Zakovat» intеllеktual o‘yini bo‘lib o‘tdi.»Zakovat» intеllеktual o‘yini Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida Sardoba tuman Adliya bo‘limi tomonidan tashkil etildi.»Zakovat» intеllеktual o‘yini ning hakamlari:1. Sardoba tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i – I.Yunusov 2. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti – S.Bebetov 3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sardoba tuman boʻlinmasi Bosh mutaxassisi – A.Mamatqulov. O‘quvchilarga Sardoba tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Ilhom Yunusov tomonidan sovg‘alar berildi.