
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi Sirdaryo viloyati oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasining tomonidan berilgan yangi adabiyotlar taqdimoti o’tkazildi.YBIBDO‘ Sh.Achilova va kutubxonachi N.Navro‘zovalar yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar berdi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xalqchil islohatlar xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi” asari. Prezident asarlarining 7-jildiga mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xalqaro miqyosidagi forum va sammitlar, Oliy majlis palatalari rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda sud organlari raislari bilan Yangi Konstitutsiya muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlagan nutq va ma’ruzalari, yurtimizda keng nishonlanib kelinayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, ommaviy tadbir va marosimlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Erkin, obod va farovon mamlakatni – Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz” asari. Ushbu kitobdan Prezidentimizning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI syezdida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan ma’ruzalari, shuningdek, Prezident lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi o‘rin olgan.
3. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” mazkur kitobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalaridagi jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan asosiy fikr-mulohazalari tegishli mavzusi bo‘yicha boblarga ajratilib, tartib berilgan.
4. “O’zebkiston obidalaridagi bitiklar” o‘zbek, rus va ingliz tilida chop etilgan al’bom kitob. Ushbu al’bomlar turkimi O’zbekiston madaniy merosini saqlash, ilmiy o’rganish va ommalashtirishni davlat siyosati darajasiga ko’targan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator tashabbuslariga to‘liq mos keldigan mazkur al’bom Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston, yangi istiqbollar” siyosatining bir bo‘lagi bo‘lib, unda O‘zbekiston xalqlarining madaniy merosini maqsadli o‘rganish va asrab avaylash mavzusida. Al’bomlarga Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Surxandaryo, Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro, Xiva hududlari hamda Boburiylar davri me’moriy epigrafikasi Hindiston madaniy merosilari kiritlgan.
5. “O’zbekiston tarixi” O’zbekiston tarixi va manbalari haqidagi XI jildlik kitoblar to‘plami.
Ushbu to‘plamda I-jild – “Eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha”, II-jild – “O‘zbekiston eng qadimgi va qadimgi davrlarda”(Paleolit davridan melodiy V asrgacha), III-jild – “V-XI asrlar”, IV-jild – “XI-XV asrlar”, V-jild – “XVI-XIX asrlar”, VI-jild – “1860-1917 yillar”, VII-jild – “O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi”, VIII-jild – “O‘zbekiston harbiy san’ati tarixi”, IX-jild – “Samarqand tarixi”, X-jild – “Buxoro tarixi” va XI-jild “Xorazm tarixi” haqida ma’lumotlar berilgan.