
Sirdaryo viloyati hokimining 2024-yil 25-martdagi 4-3557-sonli xatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 5-bandiga muvofiq, 2024-yil 30-mart kuni respublikamizda “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” nishonlanishi belgilanganligi ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan, mazkur kun davomida, 2024-yilning 30-mart kuni Sardoba tuman kasb-hunar maktabida yoshlar yetakchisi va valontyor o‘quvchi yoshlar tomonidan tozalik (chiqindisiz) kuni tashkil etildi.