
Tadbirni kasb-hunar maktabi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Achilova ochib berdi, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida gapirib o‘tdi hamda shoirning g‘azal va ruboylaridan o‘qib berdi. Tadbirda kasb-hunar maktabi pedagog xodimlari, kutubxona rahbari, yoshlar yеtakchisi va 180 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari ruboyilari hamda g‘azallaridan qo‘shiqlar ijro etishdi.