Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish.

Sardoba tuman IIB inspektor psixolog S.Mardiyev ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida hamda dars mashg‘ulotlarida telefondan foydalanmaslik to’g’risida yig’ilish o’tkazildi. Sardoba tuman IIB Inspektor psixolog S.Mardiyev so‘zga chiqdi. Jamoatchilik nazorati bor joyda har qanday jinoyatchilik, huqubuzarlikning oldi olinadi. Shu bois, ayni paytda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida joylarda Xavfsiz hudud posbonlari tuzilmasi tashkil etilgan. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushunch berdi.Dars mashg‘ulotlarida telefondan foydalanmaslik telefondan foydalanish haqida S.Mardiyev gapirib o‘tdi. Telefonini bo‘yniga osib olish, cho‘ntaklarda va shu kabilarda saqlash, telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash, telefoni yordamida atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish, ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar etkazish qat’iyan taqiqlanadi. Telefon uchun alohida xona qilish belgilandi. O’quvchilar dars mashg’ulotlariga o’tkir tig’li buyumlar olib kelish mumkin emasligi, qonunda belgilangan tartibda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq voyaga etmaganning ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy chora ko’rilishi haqida tushuntirib o’tildi.Shuningdek 4-23 “Traktorchi mashinist” guruhi o‘quvchisi Tinchlikov Og’abek Olim o’g’li sportning Futzal turi bo‘yicha Sardoba tuman sport maktabi jamoasi bilan Sirdaryo viloyat  2007-yil tug‘ilgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatda faxrli 3-o‘rinni egallaganli uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan