Ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi.

Sardoba tuman kasb-hunar maktabida ota-onalarga alohida yig’ilish tadbir sifatida o’tkazildi. O‘quvchi qizlarga sog‘lom muxit yaratish, erta tug‘riq, erta turmushning salbiy oqibatlarini oldini olish va kiyinish, madaniyati, odob- axloq qoidalari kabi mavzularda o‘quvchi qizlarning onalari hamda xoji onalar U.Jo‘rayeva va S.Sheraliyevalar ishtirokida “Onalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
O’quvchi o’g’ilbolalar va ularning otalari bilan birgalikda yig’ilish o’tkazildi. Sardoba tuman hokimlining diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Po‘latov, Kasb-hunar maktabi ota-onalar kеngashi raisi X.Tojiyеv ishtirok etdi. O‘quvchi-yoshlar uchun “Huquqbuzarlikning salbiy oqibatlari va ularni oldini olish” va Odam savdosi hamda diniy ekstremizim va terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri o’tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan