Oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasidagi fidoyilarga koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida 29 -sentyabr kuni oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining zahmatli mehnati bilan namuna boʻlayotgan bir guruh soha vakillariga “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘I A.Xajimuratov hamda boshqarma xodimlari, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari rahbar hamda oʻqituvchilari ishtirok etdi. Tadbirda  Sirdaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Xajimuratov  Prezidentimiz tomonidan keyingi yillarda oʻqituvchi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratilayotgani, bugungi tadbir ham shu islohotlar natijasi ekanini alohida qayd etdi. Barchamizga hayot yoʻlimizni topishga katta hissa qoʻshgan, umrini yoshlar tarbiyasidek sharafli kasbga baxsh etgan, shu bilan birga shu tizimda fidoyi mehnat qilgan siz jonkuyar oʻqituvchi, murabbiy va ilm-fan zahmatkashlarni kasb bayramingiz bilan chin dildan qutlayman, Ilk bor ushbu koʻkrak nishonlarini oʻz egalariga topshirishdan mamnunman deya takidlab o‘tdi.  Shundan soʻng, soha rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh fidoyilarga koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi.
Sardoba tuman kasb-hunar maktabi direktori Berdiyorova Gozel Turapovna va maxsus fan o’qituvchisi To‘ychiboyev Baxtiyor Nishonovichlar xam “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan