Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi!

Musobaqada Sirdaryo viloyatida joylashgan professional ta’lim muassasalari o’quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, tezkor savol-javob, «AKM» avtomatini qismlarga ajratish va yig’ish, arqon tortish, estafeta yugurish hamda kamondan o’q otish shartlari bo‘yicha bellashishdi. Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra Sardoba tuman kasb-hunar maktabi o’quvchilari munosib ishtirok etdi. Ishtirok etgan o’quvchilar 1-22 guruhidan Xudoyberdiyev Xurshid, Turapov Abdulatif, Raxmonov Anvarjon, 3-22 guruhidan Abdurahmonov Asadbek, Norboyev Ro’zimurod, 4-22 guruhidan Abdug’aniyev Bunyod, Eshquvatova Muhlisa va 5-22 guruhidan Esonova Nozima.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan