
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 2-iyundagi 241-son buyrug‘iga muvofiq joriy yilning 12-16-iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini “Kamaz” kompaniyasida mavjud imkoniyatlar va vakant o‘rinlar bilan tanishtirish maqsadida “Kamaz kunlari” tadbirlarini tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga Sardoba tuman kasb-hunar maktabining direktori G.Berdiyorova va IChTU G‘.Raxmatullayevlar boshchiligida “Avtomobil dvigatеllarini qismlarga ajratish va yig‘ish chilangari”guruhi o’quvchilari qatnashdi.