Futzal bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada kasb-hunar maktabi jamoasi 3-o’rinni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 16-mart kuni Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda «Sirdaryo viloyatining 60-yilligi» munosabati bilan Sirdaryo viloyati Futbol assotsiasiyasi, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida stol tennis hamda futzal bo’yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqalar Guliston shahridagi Tibbiyot kollejida tashkil etildi

🔰Futzal bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 11 ta jamoa tarkibida 110 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, unda Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2-o’rinni Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi
3-o’rinni Sardoba tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchilari qo’lga kiritishdi.

Kasb-hunar maktabining o’g’il bolalar futzal jamoasi tarkibi: 1.Qayumjonov Behruz 5-22 “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” guruhi o’quvchisi.2.Achilboyev Abdulaziz  5-22 “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” guruhi o’quvchisi. 3.Sayitmurodov Begzod  3-21 “Avtomobil dvigatеllarini qismlarga ajratish va yig‘ish chilangari” guruhi o’quvchisi.4.Isoqov Bexruz    4-21 “Payvandlovchi” guruhi o’quvchisi.5.Abdug’aniyev Bunyodbek   4-22 “Agrobiznes va marketing agenti” guruhi o’quvchisi.6.Mannobov Azizbek  1-22 “Avtomabil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash chilangari” guruhi o’quvchisi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan