
Sardoba tuman kasb-hunar maktabida 2023 yil 14 mart kuni «Sirdaryo viloyati 60 yoshda» shiori ostida «Kasbim faxrim» nomli ochiq eshiklar kuni tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Sardoba tuman hokimi A.Mirzayev, tashkilot rahbarlari, nuroniylar hamda hududdagi maktab 9-sinf bitiruvchilari taklif qilindi. Tadbir ishtirokchilari kasb-hunar maktabidagi mavjud yo’nalishlar va dars jarayonlari bilan tanishdilar.