Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining 2023 yil 27-yanvardagi 01-18/66-sonli xatiga muvofiq Sardoba tuman kasb-hunar maktabi Psixologi Sheraliyeva Madina tomonidan “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda kasb-hunar maktabi direktori G.Berdiyorova, xotin-qizlar raisi X.Axmedova, yoshlar yetakchisi M.Vahobov, guruh rahbari F.Mamasoliyeva va hamshira M.Xudoyorovalar ishtirok etishdi. “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz”tadbiri o‘g‘il bolalar va qizlarga alohida tashkil etildi, o‘g‘il bolalardan 28 nafar va qizlardan 27 nafar o‘quvchilar qatnashdi. Kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlaridan zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan ixtiyoriy volontyorlik guruhi shakllantirildi. Kasb-hunar maktabi psixologi o’quvchilarga zo‘ravonlikning sabablari, oqibati, profilaktikasi to‘g‘risidagi tushunchalar berdi. Tadbirda kasb-hunar maktabi direktori, hamshira va o’quvchi yoshlar ham zo‘rovonlikka qarshi o’z fikr muloxazalarini bildirdilar.