Sardoba tuman kasb-hunar maktabiga 27 yanvar kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro ekspertlar Yoaxim Lens va Cornelia Steinigen hamda GOPA mutaxassisi Xamroyev Sultonmurod tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida Loyiha doirasida pilot professional ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tikuvchilik guruhining o‘quv foliyatini kuzatishdi, “Oqsaroy tekistil” MChJda amaliyot jarayonlari bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 20-yanvardagi 5-12-4/7-18-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, mazkur uchrashuvga yuqori darajada tashkillashtirildi.