Viloyat Yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening o’tkazildi.

2022 yil 10-oktyabr kuni Sardoba tumani kasb – hunar maktabida “Professional ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarini ish faoliyatini tashkil etish” mavzusida viloyatdagi barcha kasb-hunar maktablarini Yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening o’tkazildi. Seminarda Yoshlar bilan ishlash masalalari bo’yicha o’rinbosarlarni bugungi kundagi faoliyati samaradorligining dolzarb vazifalari taqdimoti namoyish qilindi va muhokama qilindi. Seminarda Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Turdiyev ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan