“Ekstremizm va terrorizm missionerlik g’oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy-targ’ibot” tadbiri.

Sardoba tumankasb-hunar maktabida 29-sentyabr kuni Ekstremizm va terrorizm missionerlik g’oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy-targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi I.Latipov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqaruv raisi X.Yunusov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqaruv raisi o’rinbosari X.Ataboev, Sardoba tuman hokimi A.Xidirov, tuman prokurori A.O’rolov, tuman IIB boshlig’i A.Mo’minov, tuman Mudofaa bo’limi boshlig’i T.Qalandarov, tuman hokimi o’rinbosari Z.Musurmonqulov, tuman Bosh imomi A.Xojiev, Sardoba kasb-hunar maktabi direktori, tuman Kengashi deputati G.Berdiyarova, Din ishlari bo’yicha Qo’mitaning Sardoba tumani bosh mutaxassisi Sh.Po’latov, Yoshlar ishlari Agetligi tuman bo’limi boshlig’i B.Bo’taev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’limi rahbari B.Mamanazarov hamda hamkor tashkilot rahbarlari va kasb-hunar maktabi o’qivchilari ishtirok etdi. Tadbirda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan 60 dan ziyod ekstremizm va terrorizm  missionerlik g’oyalariga qarshi hamda uning salbiy oqibatlarini ifodalovchi tasviriy-targ’ibot rasmlar ko’rgazmasi tashkil etildi.Sardoba tuman hokimi A.Xidirov tomonidan bugungi kunda  mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz farovonligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o’tdi.Shuningdek tadbirda O’zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi I.Latipov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 yanvardagi 01-14/1-2891-sonli 4-bayonida Ekstremizm va terrorizm missionerlik g’oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy tasviriy targ’ibot tadbirlarini tashkil etish Dasturining 1-yo’nalish 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, diniy bag’rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashbo’yicha yig’ilish ishtirokchilariga hayotiy misollar bilan o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Tadbir davomida tuman bosh imomi A.Xojiev tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan davlat siyosati mazmun mohiyati hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishga oid dolzarb mavzularda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilayotganligi hamda so’ngi yillarda diniy ma’rifiy sohadagi tizimli chora-tadbirlar fuqarolarimizning e’tiqod erkinligini ta’minlash, buyuk alloma ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq etish va yoshlarimizni milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz asosida  tarbiyalash lozimligi barchamizning zimmamizdagi ulkan mas’uliyat ekanligini aytib o’tdi.  Tadbir so’ngida Sardoba kasb-hunar maktabi o’quvchisi Asliddin Mamatov tomonidan jonli ijroda “O’zbekiston Vatanim manim”nomli qo’shiq  aytildi.  O’quvchi yoshlar ishtirokida “Ekstremizm va terrorizm missionerlik g’oyalariga qarshi kurash” mavzusida rasmlar ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan