
Sardoba tuman kasb-hunar maktabida 2022-yil 8-iyul kuni bitiruvchi guruhlar uchun «Sizga oq yo’l bitiruvchilar» tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Sardoba tuman hokimi o’rinbosari Z.Musulmonqulov, tuman prokurori yordamchisi Z.Yusupov, tuman Yoshlar agentligi rahbari B.Bo’tayev, Xalqobod MFY yoshlar ishlari rahbari B.Akbarov, faxriy o’qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirni kasb-hunar maktabi direktori G.Berdiyorova ochib berdi va barchani tabrikladi, shuningdek tuman hokimi o’rinbosari Z.Musulmonqulov so’zga chiqib barcha o’qituvchilar, bitiruvchiar va ularning ota-onalarini tuman hokimligi nomidan tabrikladi. Bitiruvchilarning 25 nafariga «imtiyozli» diplom berildi. O’qish davrida na’munali xulqi va a’lo baholari uchun 30 nafar o’quvchi faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Kasb-hunar maktabida tahsil olgan o’quvchilar o’rtasida na’munali xulqi, ilmga chanqoqligi va jamoat ishlarida faolligini hisobga olib, shunday farzand tarbiyalagani uchun 25 nafar ota-onalarga tashakkurnoma berildi. Kasb-hunar maktabinig 8 nafar eng faol xodimlari ICHTUlar G.Norqulova va B.Mamatqulov, o’qituvchilar X.Axmedova va L.Egamberdiyev, guruh rahbari B.To’ychiboyev, texnik xodimlar M.Qurbonova, S.Narmonova va N.Panjashovalar ma’muriyat tomonidan sovg’a bilan taqdirlandi . Tadbirda tuman Madaniyat bo’limi san’atkorlari va bitiruvchi o’quvchilar tomonidan bayramona chiqishlar taqdim etildi. O’quvchilardan K.Shavkatov va M.Majidovalar bitiruvchilar nomidan o’qituvchilarni tabriklab minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek faxriy o’qituvchi B.Begmatov va 3 nafar bitiruvchilarning ota-onalari o’qituvchilar va o’quvchilarni tabriklab ularga yaxshi tilaklarini bildirishdi. Tadbir viloyat televidinyasi tomonidan tasvirga olindi.