
Bugun Sardoba tuman kasb-hunar maktabida tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Z.Musurmonqulov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 15 iyun kuni “Aholini kasbga yo‘naltirish hamda monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yoshlar bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Kasb-hunar maktabi bituruvchilarining 2022 yilda Oliy o‘quv yurtlariga kirish, bituruvchilarni ishga ehtiyoji, qiziqishi va ko‘nikmalarini o‘rganib ularning yo‘nalishi bo‘yicha bandligini ta’minlashda Sardoba tuman kasb-hunar maktabida maxsus shtab tashkil etildi.

.jpg)
O‘quvchilarga OTM kirish yoki bo‘lmasa mutaxassisligi bo‘yicha ishga kirishda Shtab a’zolariga murojaat qilish lozimligi tushuntirildi. Yoshlar tarafidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.